Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Angren” MIZda yana 7ta ishlab chiqarish quvvati foydalanishga topshiriladi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoniga binoan 2012 yilning aprel oyida tashkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasiga sarflangan investitsiyalarning hajmi 5 yil mobaynida 182,5 mln. AQSh dollaridan ortib ketgan.
Shu qisqa muddat davomida “Angren” maxsus industrial zonasida “Angren quvur zavodi”, “EGL-NUR” MChJ, “Angren Shakar”, “Uz Shindong Silicon”, “Uz-Prista Recycling” kabi 11ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
2016 yil yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 618,4 mlrd. so‘mni, eksport qilingan mahsulotlar hamji esa 6,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, deyiladi “Angren” MIZ xabarida.
Unga ko‘ra, 2016 yilning oxirigacha “Angren” MIZda 7 ta ishlab chaqarish korxonalari foydalanishga topshiriladi.
Bu yerda tashkil qilingan korxonalarga, kiritilgan sarmoyaga qarab 3 yildan 7 yilga qadar soliq imtiyozlari beriladi. 300 mingdan 3 mln dollarga qadar sarmoya kiritganlarga 3 yilgacha, 3 – 10 mln dollar sarmoya kiritganlarga – 5 yil, 10 mln dollardan ortiq sarmoya kiritganlarga esa – 7 yil davomida soliq imtiyozlari taqdim etiladi.
Mavzuga oid
13:44 / 20.04.2026
10 mlrd qarzi bilan tugatilgan zavod: “Toshkent yog‘-moy kombinati”ning ishchilari chorasiz qoldirildi
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
18:58 / 13.03.2026