“Toshkent yog‘-moy kombinati” nomi bilan maşxur zavod bölgan. Unda bir vaqtlar minglab odamlar işlagan, rözğor tebratgan. 2022 yilda kombinat xususiylaştirilib, 2025 yilda tugatilgan. Bu vaqtda kombinatning önlab işçilaridan qariyb 10 mlrd söm qarzi bölgan. Mol-mulklari sotilib, binolari buzilib ketgan kombinatning qarzini qoplaşga yaragulik xeç vaqosi yöq. Hujjatda 2 ta yuk maşinasi bor: ularning ham qayerda ekani "noma’lum".

Tarixiy zavodning tugatilişi

Bir vaqtlar Yaşnobod tumanida “Toshkent yog‘-moy kombinati” nomi bilan maşxur zavod bölgan. Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Toshkent şahar hududiy boşqarmasi 2022 yil noyabrida “Toshkent yog‘-moy kombinati” aksiyadorlik jamiyatidagi 56 foiz davlat uluşini “Toyloq Toza Hudud” mas’uliyati çeklangan jamiyatiga sotgan.

Keyinroq, 2024 yil iyunida kombinatning aksiyadorlari uni ixtiyoriy tugatişga qaror qiladi va I.Irnazarov tugatiş boşqaruvçisi etib tayinlanadi.

Tugatuvçining 2025 yil 21 yanvardagi onlayn arizasiga asosan jamiyat ixtiyoriy tugatiş jarayoniga ötkazilgan va 2025 yil 21 may kuni Yaşnobod tuman davlat xizmatlari markazi “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJni davlat reyestridan çiqargan.

Haqdorlar bor edi…

Ammo bu paytda kombinatning önlab işçilari mehnat qonunçiligining qöpol buzilişlaridan jabr körayotgan, milliardlab haqlarini undira olişmayotgan edi.

Jumladan, Fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudi “Toshkent yog‘-moy kombinati”dan uning turli sexlarida faoliyat yuritgan ellik nafardan ortiq işçilariga iş beruvçining aybi bilan bekor turib qolgan vaqt uçun iş haqi va boşqa tölovlarni undirib berişni nazarda tutuvçi qarorlar çiqargan.

“Ölgan ölolmagan” kombinat

Pulni undirişning yagona yöli kombinatni tiklaş edi. Işçilar bor harakatni şunga qaratişdi va sud orqali buning uddasidan çiqişdi.

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2025 yil 4 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJni davlat reyestridan çiqariş va tugatiş haqidagi vakolatli organ yozuvlari haqiqiy emas deb topildi.

«Juda katta hudud edi. Hozir mana şu katta hududni buzib taşlab, közimiz oldida bizni işsiz qoldirib uy qurişyapti. Odamlarning köz yoşi ustiga uy qurişyapti, işsizligi ustiga uy qurişyapti. Biz aksionerlar bilan hisob-kitob qilişmadi. Noqonuniy bizni işdan böşatgani uçun oliy sud quyi instansiyalar işga tiklab qöydi, pullarimizni undirib berdi, lekin şularni ijro qilişdan boş tortişyapti. Bizning huquqlarimizni poymol qilişyapti.