Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya parlamentiga uchta partiya o‘tdi
Foto: dt.ua
Gruziyada dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan olingan dastlabki natijalarga ko‘ra, qonunchilik organiga uchta partiya: hukmron "Gruzin orzusi" partiyasi, sobiq prezident Mixail Saakashvilining muxolif "Yagona milliy harakat" va "Gruziya vatanparvarlari alyansi" partiyasi o‘tdi. Bundan 99,92 foiz saylov uchastkasidagi ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin olingan natijalar darak bermoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"3699 ta (99,92 foiz) saylov uchastkasidan olingan natijalarga ko‘ra, "Gruzin orzusi"48,6 foiz yoki 856 858 ovoz, "Yagona milliy harakat" 27,14 foiz yoki 478 416 ovoz hamda "Gruziya vatanparvarlari alyansi" 5 foiz yoki 88 032 ovoz oldi", deb ma'lum qildi Gruziya Markaziy saylov komissiyasi.
Parlamentga o‘tish uchun 5 foizlik to‘siqni yengish kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
22:49 / 18.11.2024
Gurjiston prezidenti parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar sabab Konstitutsiyaviy sudga da’vo kiritadi
19:23 / 30.10.2024
Gurjistonda saylovlar bo‘yicha tergov boshlandi. Mamlakat prezidenti so‘roqqa chaqirildi
23:12 / 28.10.2024