Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy jamiyatining qator mashhur shaxslari Marsga elchi etib tayinlanishdi
XXR hukumati mamlakatning mashhur basketbolchisi Yao Minni “Marsga elchi” etib tayinladi. Bu haqda 10 oktabr kuni South China Morning Post xabar bermoqda.
36 yashar sportchi bilan birga ro‘yxatga yana 10 nafar mashhur shaxs kiritilgan. Bular: basketbol bo‘yicha Xitoy terma jamoasi murabbiyi Lan Pin, mamlakatda mashhur bo‘lgan TFBOYS boyz-bend a'zolari , yozuvchi Lyu Tsisin, bastakor Tan Dun, opera qo‘shiqchisi Uorren Mok, Day Yuytsyan va Vey Sun, shuningdek, guchjen o‘yinchisi Yuan Shalardir.
Elchilarning vazifalari orasida Xitoy 2020 yilda uchirishni rejalashtirayotgan “Buyuk yurish-5” raketa tashuvchisini o‘z ichiga olgan Mars tadqiqot dasturlarini ommalashtirish ham bor. Yulduzlar, shuningdek, mamlakat yoshlarining fan va texnologiyalar sohasiga qiziqishlarini rag‘batlantirishlari va jahon maydonida Xitoy qiyofasini yanada yaxshi ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026