Jahon | 10:56 / 10.10.2016
8190
2 daqiqa o‘qiladi

Olland Putinni Asadni qo‘llab-quvvatlamaslikka ko‘ndirmoqchi

Foto: nypost.com

Fransiya prezidenti Fransua Olland rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Suriya yetakchisi Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaslik kerakligiga ishontirmoqchi. U Rossiya davlat rahbarining Parijga tashrifi chog‘ida shuni rejalashtirmoqda. Fransua Olland TMC telekanaliga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan.

«Men o‘zimga o‘zim savol beraman, uchrashuv foydali bo‘larmikan? O‘zi o‘tkazish kerakmi? Bosim o‘tkazsa bo‘ladimi? Putin Suriya tuzumi bilan qilayotgan ishini to‘xtatishiga erisha olamizmi, ya'ni Asadga, harbiy havo kuchlari yordamida Halabni bombardimon qilish bilan qo‘llashiga barham berdira olamizmi?» — degan Fransiya rahbari.

Ollandning so‘zlariga ko‘ra, agar uchrashuv o‘tkazilsa, u Putinga Asadga yordam berish «Rossiya obro‘siga putur yetkazishini» aytadi.

Frantsuz yetakchisi shuningdek, Halab shahridagi amaliyotlarni «harbiy jinoyatlar» deb atagan. «Bu jinoyatlarni amalga oshirayotganlar, xususan Xalqaro jinoyat sudi oldida javob berishi kerak», — deya qo‘shimcha qilgan Olland. 

Putinning 19 oktabrda Parijga kelishi haqida 16 sentabrda ma'lum bo‘lgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid