Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya OPeK davlatlari tomonidan neft qazib olishni kamaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi
Foto: GETTY IMAGES
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro energetika kongressidagi nutqida Rossiya OPeK davlatlari tomonidan neft qazib olishni cheklashni qo‘llab-quvvatlashini va bu choralarga qo‘shilishga tayyorligini aytdi.
"Rossiya neft qazib olishni cheklash bo‘yicha birgalikdagi choralarga qo‘shilishga tayyor va boshqa neft eksportchilarini ham bunga chorlaydi. Biz OPeKning qazib olishga limitlarni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz va OPeKning noyabrdagi yig‘ilishida bu tashabbus amaliy kelishuvlarga aylanadi, deb ishonamiz", deb aytdi Putin.
"Yuzaga kelgan vaziyatda neft qazib olish hajmini muzlatish yoki hattoki kamaytirish butun dunyo energetikasi barqarorligini saqlab qolish uchun yagona to‘g‘ri qaror deb hisoblaymiz", deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Putinning fikricha, uglevodorodlar davri nihoyalayotgani haqida gapirishga haqqoniy asoslar yo‘q.
Sentyabr oxirida OPeK davlatlari neft olish hajmini biroz kamaytirishga kelishib olishgandi. Neft qazib olish hajmi kuniga 32,5-33 mln barrel miqdorida cheklangan. Hozir OPeK davlatlari kuniga 33,24 mln barrel neft qazib olishmoqda.
OPeKning bu qarori ortida neft narxi 5 foizdan ko‘proqqa qimmatladi.
Mavzuga oid
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
09:11 / 11.05.2026
Putin Shryoderni muzokarachi sifatida taklif qildi
14:17 / 10.05.2026
«Ish oxiriga yetay deb qoldi». Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas
11:33 / 10.05.2026