Jahon | 07:40 / 11.10.2016
12929
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Erdo‘g‘anni Suriyadagi kuchlarni olib ketish taklifidan xabardor qildi

Foto: © RIA

Moskva Anqarani Rossiyaning Suriyada barcha kuchlarni "Kastello" yo‘lidan olib ketish taklifidan xabardor qildi va bu 15 oktabrda Shveytsariyadagi muzokaralar mavzusi bo‘ladi deb ishonmoqda, deb ma'lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. 

"Men turkiyalik hamkorimizni biz amerikalik hamkasblarimizga "Kastello" yo‘lidan Suriya qo‘shinlari va muxolif kuchlarni olib ketish uchun barcha ishni qilish taklifini bildirganimiz haqida xabardor qildim. Gumanitar karvonlarga zarbalar berish kabi ig‘volar takrorlanmasligi uchun bu yo‘l orqali Halabga gumanitar yuklarni yetkazish mumkin va lozim", deb aytdi Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan suhbatdan keyin matbuot-anjumanida.  

Putinning ta'kidlashicha, AQSh bu taklifga rozi bo‘lmagan.  

"Yo buni qila olmaydilar, yoki qandaydir sabablarga ko‘ra istamayaptilar. Umid qilamanki, bu mavzu Shveytsariyada shanba kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralardagi mavzulardan biri bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Putin, biroq gap qanday muzokaralar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid