Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 11 oktabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.Bu haqda uza.uz xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safarini Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ushbu vohaga tashrifini odatda mazkur muqaddas qadamjoni ziyorat qilishdan boshlar edi. Islom Karimov tashabbusi bilan buyuk alloma abadiy qo‘nim topgan ushbu maskanda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, ziyoratchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev bojxona terminali ham bo‘lgan «Termez Cargo Sentre» xalqaro logistika markazi va bu yerda tashkil etilgan avtokemping faoliyati bilan tanishdi.
Katta miqdordagi yuklarga ishlov berish va ularni tushirish-ortish ishlari amalga oshiriladigan mazkur korxona hududida bojxona terminali binosi, 300 katta yuk mashinalariga mo‘ljallangan joy, avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi, konteyner va boshqa yuklarni saqlash omborlari joylashgan, bu yerga temir yo‘l liniyasi olib kirilgan.
Markazga tashrif buyuradiganlarning dam olishi uchun mazkur hududda barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy mehmonxona, restoran, suzish havzasi, fitnes-markaz, mini-market faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, mamlakatimiz janubiy sarhadlaridagi chegara postlaridan birida bo‘lib, davlatimiz sarhadlarini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatchilar uchun sharoitlarni bundanda yaxshilash zarurligini qayd etdi.
Mutaxassislar Termiz shahri mavzelaridan birida kam ta'minlangan va yosh oilalar uchun yaqin yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli zamonaviy uylar loyihalari bilan tanishtirdi.
Qishloq joylarda kam ta'minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan yakka tartibdagi zamonaviy, ixcham uy-joylar loyihalari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024