Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIVda IHT va BMT doirasidagi O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi
2016 yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kuvayt Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyranni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar Vazirligi saytida ma'lum qilindi.
Muloqot davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi, jumladan Islom hamkorlik tashkiloti, BMT va boshqa xalqaro tuzulmalar doirasidagi O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Kuvayt vakillarining o‘zaro tashriflari jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Kuvayt nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:55 / 06.06.2026