CENTCOM'ning dastlabki baholaşlariga köra, hujum vaqtida uçirilgan yettita raketadan oltitasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tösib qolingan. Qolgan bitta raketa esa belgilangan nişonga yetib bormagan.
Ayni paytda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) voqealar rivojiga öz munosabatini bildirdi. Korpus ma’lumotiga köra, şanbaga ötar keçasi törtta neft tankeri Tehron bilan kelişmasdan Hörmuz böğozi orqali harakatlanişga uringan.
IIMK da’vo qilişiça, mazkur tankerlardan biri zarbaga uçrab töxtatilgan, qolgan uçta kema esa ortga qaytişga majbur bölgan.
Eron harbiylari bayonotida qayd etilişiça, şundan söng AQŞ kuçlari mintaqadagi radiolokatsiya obektlariga havo zarbalari bergan. Bunga javoban IIMK Kuvaytdagi AQŞ harbiy bazasi hamda Bahraynda joylaşgan AQŞ Beşinçi floti qarorgohiga ballistik raketa zarbalari berganini ma’lum qilgan.
Hozirça mazkur hujumlar oqibatida qurbonlar yoki yirik vayrongarçiliklar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Kuzatuvçilar fikriça, Hörmuz böğozi atrofidagi vaziyatning keskinlaşişi Fors körfazida xavfsizlikka oid xavotirlarni yanada kuçaytirmoqda. Çunki uşbu böğoz dunyo neft va gaz savdosining muhim qismi ötadigan strategik dengiz yöli hisoblanadi.
Tomonlarning özaro zid bayonotlari voqealarning haqiqiy kölami va oqibatlari yuzasidan mustaqil tasdiqlangan ma’lumotlar hali töliq mavjud emasligini körsatmoqda.










