O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘quv binosi shu yil avgust oyida kapital ta'mirdan chiqarildi. Bu yerda talabalar o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlari bo‘yicha saboq olmoqda. Universitetda 15 kafedra tashkil qilindi, jami 37 yangi fan, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 8 yangi fan joriy etildi. Talabalarning mutaxassis sifatida keng qamrovli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishini ta'minlash maqsadida qo‘shimcha 25 tanlov fani kiritildi. 72 fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Universitetda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Toshkent davlat texnika universiteti mamlakatimizning muhandislik-texnika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sohasidagi bazaviy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bu yerda 60 bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va 78 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakaviy talablar, o‘quv rejalar, dasturlar, takomillashtirilgan o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqildi.
Yangi «Muhandislik tizimlari» fakulteti tarkibiga 8 kafedra kiritildi. Ulardan uchtasi – «Intellektual muhandislik tizimlari», «Mexatronika va robot texnikasi» va «Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari» kafedralari yangi tashkil etildi. «Muhandislik-fizika» fakulteti tarkibida «Yarimo‘tkazgichlar va yangi materiallar texnologiyasi», «Elektron uskunalarni ishlab chiqarish texnologiyasi», «Lazer texnologiyasi va optoelektronika», «Tibbiy-biologik tizimlar va jihozlar» kabi yangi kafedralar shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 2017-2020 yillarda fundamental, 2017-2018 yillarda amaliy bajarilishi mo‘ljallangan, yosh olimlar fundamental va amaliy, innovatsion hamda «Akademik harakatchanlik – 2017» amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlari uchun tanloviga universitet xodimlari tomonidan jami 174 loyiha topshirildi.
Matbuot anjumanida oliy o‘quv dargohlarida bugungi shiddatli zamon talabiga mos, istiqbolli, kelajakka yo‘naltirilgan mutaxassislar tayyorlash tizimiga oid amaliy chora-tadbirlar yuzasidan savollarga javob berildi.
Mavzuga oid
13:42 / 28.10.2022
Oliy ta’lim tizimiga marketing xizmatini joriy etish-davr talabi
18:48 / 28.05.2022
“Ta’lim tizimimiz hali ham sovetcha” – Azamat Ziyoyev
09:54 / 11.10.2020
1,5 ming yevro maosh va juda ko‘p kompyuter. Estoniya maktablarini qanday rivojlantirgan?
17:54 / 01.06.2020