Hozirgi vaqtda sobiq ittifoq respublikalarida ta'lim tizimi, ayrimlarini aytmaganda, SSSR davrida qanday bölsa, şunday saqlanib qolgan: xususiy maktablarga e'tibor yöq, davlat tasarrufidagi maktablarda ta'lim sifatidan köra öqituvçilardan turli hisobotlar talab qiliş, maktablarda öquvçilarning bilim olişidan köra qanday kiyinişini nazorat qiliş muhim. Şuningdek, possovet respublikalarining aksariyatida 11 yillik ta'lim tizimi bosqiçlarga bölinmagan holda davom etişi ham SSSRdan meros. 

Bugun Estoniya maktablarida sovetça ta'lim tizimidan heç narsa saqlanib qolmagan, hammasi özgarib, zamonaviy ta'lim tizimi joriy etilgan. Şu sababli mamlakat ta'lim tizimi bir neça yildan buyon turli xalqaro reytinglarda boşqa possovet respublikalaridan farqli ölaroq, ança yuqori öringa ega bölib kelyapti. 

Ana şunday nufuzli xalqaro ta'lim reytinglaridan biri PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro reyting dasturi hisoblanadi. PISA xalqaro reytingi 2000 yildan buyon test sinovlari yordamida dunyoning yuzga yaqin davlatlaridagi öquvçilarning bilimlarini baholab boradi. Bundan 10-15 yil oldin PISA reytingida Finlyandiya ta'lim tizimi yuqori örinlarda yurar, dunyo ta'limida yangi «Fin modeli» ovoza bölgan edi. Oradan bir neça yil ötib, uşbu reytingda aynan «Fin modeli»ni yaxşi özlaştirgan Estoniya ta'lim tizimi yuqori örinlarga çiqdi. Bugun köpçilik davlatlar ta'lim sohasida Estoniya tajribasini örganmoqda. Quyida Estoniya bu işni qanday uddalagani haqida fikr yuritiladi.

PISA xalqaro reytingida sönggi test natijalariga köra, eston öquvçilari ifodali öqiş böyiça dunyoda beşinçi, matematikadan sakkizinçi va kimyo böyiça törtinçi örinni egalladi. Ular uşbu natija bilan barça qöşnilarini va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini ortda qoldirdi. Röyxatni atigi törtta viloyati bilan qatnaşgan Xitoy boşqarmoqda. Ikkinçi örinni Singapur öquvçilari band etgan.

AQŞ va Buyuk Britaniya kuçli yigirmatalikda, bir vaqtlar peşqadam bölgan Finlyandiya kuçli önlikdan joy olgan. Possovet respublikalari esa ança pastda joylaşgan: Latviya 30-örin, Rossiya 31-örin, Litva 34-örin, Belarus 36-örin, Ukraina 39-örinda. 

Sovet ta'lim tizimidan voz keçiş 
Estoniya sovet ta'lim tizimidan voz keçişni mustaqil bölgan yillardanoq boşlagan. Masalan, maktabni bitirişda yagona davlat imtihonlarini joriy qilib, söng uning natijasiga qarab bitiruvçilarni OTMlarga imtihonsiz qabul qiliş tizimi Estoniyada ötgan asrning 90-yillaridan buyon amalda.

Bugun, SSSR tarqab ketganiga qariyb 30 yil bölganda Estoniya ta'lim tizimida sovet ta'lim tizimi unsurlari mutlaqo qolmagan. Estoniyada maktab ta'limi uç bosqiçga bölinadi: 1-3 sinflar I bosqiç, 4-6 sinflar II bosqiç, 7-9 sinflar III bosqiç. Har uç bosqiçda ham öquvçilar yagona davlat ta'lim tizimi asosida öqitiladi. Özlaştirişi yaxşi bölmagan öquvçilarga yozgi ta'tilda ikki haftalik qöşimça darslar ötiladi. Agar öquvçi şunda ham yetarli darajada özlaştira olmasa, sinfda qoldiriladi.