Sport | 12:52 / 12.10.2016
5266
3 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Germaniya, Polshadan g‘alaba, Angliya esa durang o‘ynadi va boshqa natijalar

Foto: eurosport.com

JCh-2018 saralash bosqichining Yevropa mintaqasida 3-tur uchrashuvlari yakunlandi. Turning kecha 9ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

“S” guruhi yetakchisi va amaldagi jahon chempioni Germaniya terma jamoasi uyda Shimoliy Irlandiyaga qarshi to‘p surdi. Bu o‘yinda raqibidan ustunligini namoyish qila olgan  Yoaxim Lyov shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yulian Draksler va Sami Xedira nemislarga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qilishdi. 

Angliya terma jamoasi esa 3-turda ochko yo‘qotdi. Garet Sautgeyt boshchiligidagi inglizlar Sloveniya maydonida 0:0 hisobida durang qayd etdi. E'tiborlisi shuki, uchrashuvda Jordan Xenderson Angliya terma jamoasining yangi sardori sifatida maydonga tushdi. Ueyn Runi esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan safga qo‘shildi.

Oxirgi o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonayotgan Polsha terma jamoasi bu turda biroz qiyinchilikga duch keldi. Armaniston termasini uyda qabul qilgan Polsha 90+5-daqiqada Robert Levandosvkining goli evaziga uch ochkoga ega bo‘ldi. “Bavariya” hujumchisi to‘p kiritguniga qadar uchrashuvda hisob 1:1 bo‘lib turgan edi. Levandovski so‘nggi daqiqalarda gol urib, Polshaga uch ochko taqdim qildi. 

Turning qolgan uchrashuvlari natijalari bilan tanishing: 

Germaniya – Polsha – 2:0
Gollar: 1:0 – 13 Draksler, 2:0 – 17 Xedira. 
Ogohlantirish: Fergyuson (74).
Chexiya – Ozarbayjon 0:0 
Ogohlantirishlar: Aleskerov (35), Kadlets (58), Sheydayev (90).

Norvegiya – San-Marino 4:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 11, avtogol Simonchini, 1:1 – 54 Stefanelli, 2:1 – 77 Diomande, 3:1 – 82 Samuelsen, 4:1 – 83 King. 
Ogohlantirishlar: Stefanelli (26), Xenriksen (42), Dzafferani (57), Diomande (84), Simonchini (86).

Sloveniya – Angliya 0:0 
Ogohlantirishlar: Dayyer (20), Starridj (31), Birsa (37), Kronaveter (87), Keyxill (88), Lingard (89), Struna (89).

Slovakiya – Shotlandiya 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Mak, 2:0 – 56 Mak, 3:0 – 68 Nemets. 
Ogohlantirishlar: Sabo (15).

Litva – Malta 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 75 Chernix, 2:0 – 84, penalti Novikovas. 
Ogohlantirishlar: Valskis (30), Adjius (43), Xogg (72), Karuana (81), Xvedukas (84).
Chetlatish: Karuana (82).

Polsha – Armaniston 2:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 48, avtogol Mkoyan, 1:1 – 50 Pitstselli, 2:1 - 90+5 Levandovski. 
Ogohlantirishlar: Andonyan (28), Chonek (35), Beglaryan (73), Pitstselli (85), Blashchikovski (87).
Chetlatish: Andonyan (30).

Daniya – Chernogoriya 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 31 Bechiray. 
Ogohlantirishlar: Poulsen (50), Fisher (66), Veshovich (66), Dileyni (90)

Qozog‘iston – Ruminiya  0:0 (0:0)

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid