Jahon | 23:32 / 13.10.2016
4925
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning sobiq prezidenti Shirak shifoxonada davolanib chiqdi

Foto: © AP

Sentyabrda betobligi tufayli shifoxonaga yotqazilgan Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak shifoxonani tark etdi va davolanishni uy sharoitida davom ettiradi. Bu haqda Shirakning kuyovi Frederik Sala-Baru AFP axborot agentligiga ma'lum qildi.

"Prezident Shirak uyiga qaytish uchun Pite-Salpetriyerdagi shifoxonani tark etdi", deb ma'lum qildi Sala-Baru.

Shirak Parijdagi shifoxonaga 18 sentabrda yotqazilgandi. Shirak salomatligi yomonlashgani sababli odatga ko‘ra oilasi bilan ta'til o‘tkazadigan Marokashdan tezda uyiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. 

Shirak 1995 yildan 2007 yilgacha Fransiya prezidenti bo‘lgan. Jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Shirak hozirgacha fransuzlarning barcha zamonlardagi eng sevimli prezidenti bo‘lib qolmoqda.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid