Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya razvedkasining sobiq rahbari: Saddam Husayn Jak Shirakka millionlab dollar pora bergan
Jak Shirak Fransiya prezidenti lavozimini egallagan vaqtda AQShning Iroqqa 2003 yilda bostirib kirishiga mafkuraviy nuqtai nazardan emas, balki Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayndan ko‘p millionlik poralar olgani uchun qarshi bo‘lgan. Bu haqda Britaniya razvedkasining (MI-6) o‘sha vaqtdagi rahbari Richard Dirlavga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar berdi.
Dirlavning ta'kidlashicha, Shirak Husayndan 6 mln dollar olgani, bu pullarni 1995 va 2002 yildagi saylov kampaniyalariga ishlatganining inkor qilib bo‘lmas isbotlari bor. Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning sobiq prezidenti pullarni vositachilar orqali olgan.
Jak Shirak joriy yilning 26 sentyabrida 86 yoshida vafot etdi.
2003 yilda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa bostirib kirgan. Buning oqibatida Husayn tuzumi qulagan. Fransiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti bo‘lgan Shirak ushbu harbiy kampaniyaga qarshi chiqqan va BMT Xavfsizlik kengashida unga taqiqlov qo‘yish bilan tahdid qilgan. Bu esa Fransiyaning qator davlatlar bilan munosabati yomonlashishiga olib kelgan. Shirakning tahdidlariga qaramay, Iroqqa qarshi kampaniya BMT ruxsatisiz boshlab yuborilgan.
Husayn 2006 yil 30 dekabrda qatl etilgan. U Al-Dujayl qishlog‘i aholisining ommaviy qirg‘inida aybdor deb topilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
08:12 / 19.06.2024
Hayit kuni osilgan Saddam Husayn. Iroq tanazzuli qanday ro‘y bergandi?
18:21 / 07.04.2023
Bosqindan 20 yil o‘tib: aksariyat iroqliklar Saddam Husayn davrida yashash darajasi yaxshiroq bo‘lgan deb hisoblaydi
10:35 / 25.03.2023