29 sentyabrda Parijda Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Şirak bilan vidolaşuv marosimi boşlandi.

Şirakning jasadi solingan va ustiga Fransiya bayroği yopilgan tobut nogironlar uyi hovlisiga qöyilgan. Marosim mahalliy vaqt bilan soat 14da boşlangan, biroq u boşlangunga qadar unda iştirok etişni istaganlarning katta navbati yuzaga kelgan.

Minglab odamlar Yelisey saroyidagi ta'ziya kitoblarida öz izhorlarini qoldirişgan. 

30 sentabr ertalab Şirakka amaldagi prezident Emmanuel Makron iştirokida harbiyça hurmat bajo keltiriladi. Söngra marhum prezident bilan vidolaşuv marosimi Parijdagi Sen-Syulpis çerkovida davom etadi. Unda 30 ga yaqin davlatning rahbarlari hamda yuqori lavozimli vakillari iştirok etadi. 

Marhum prezident Parijdagi Monparnas qabristonida katta qizining qabri yaqiniga dafn etiladi.

Fransiyaning 22-prezidenti bölgan Şirak 26 sentyabrda 86 yoşida vafot etdi. U Fransiyani 1995 yildan 2007 yilgaça 12 yil davomida boşqargan.