Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrim musulmonlari Turkiya bilan diniy munosabatlarni mustahkamlash istagini bildirdilar
Qrim musulmonlari Turkiya bilan diniy munosabatlarni mustahkamlash istagini bildirdilar, deb xabar bermoqda yarimorol muftiylik xizmati.
Ushbu bayonot Qrim muftiysi Emirali Ablayevning Turkiya din ishlari boshqarmasi boshlig‘i doktor Mexmet Germez bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra qilindi.
Uchrashuv shu kunlarda Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Yevrosiyo islom kengashi IX forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
"Diniy yetakchilar Qrim va Turkiya musulmonlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga taalluqli bir qator masalalarni muhokama qilishdi", deyilmoqda xabarda.
Jumladan, diniy boshqarmalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik haqidagi kelishuvni yangilash, diniy ta'lim sohasidagi hamkorlikni Turkiyadan diniy xodimlarni jalb qilgan holda kengaytirish istaklari bildirildi.
"Tomonlar diniy obektlarni qurish istiqbollari va boshqa loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qildilar", deb ma'lum qilindi xabarda.
Mavzuga oid
21:00 / 04.03.2026
NATO havo mudofaasi Turkiya tomonga uchirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026