Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Tailandda qirolning vafoti tufayli reklamani o‘chirib qo‘ydi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i Tailandda qirol Pxumipon Adulyadet (Rama IX) vafoti tufayli reklamani o‘chirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda CNN.
Qirol 89 yoshida Bangkokda vafot etdi. Marhum o‘z vatanida ilohiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan va taxtda 70 yil o‘tirgan.
Ta'kidlanishicha, Facebook butun bir davlat uchun birinchi marta "reklama blekauti"ni amalga oshirmoqda, ya'ni rekalamani o‘chirib qo‘ymoqda. Ijtimoiy tarmoqning tushuntirishicha, reklamaning o‘chirilishi motam vaqtidagi madaniy udumdir.
Ijtimoiy tarmoq boshqa izohlar berishni istamadi. Ijtimoiy tarmoq xabarida tailandlik reklama beruvchilar o‘z reklamalarini Tailand tashqarisida joylashtira olishlari mumkinligi aytildi.
Boshqa saytlar ham o‘z dizaynlariga o‘zgartirish kiritishdi, misol uchun, Google qidiruv tizimining Tailanddagi bosh sahifasi ranglarini oq va qora-kulrangga o‘zgartirdi.
Ma'lum qilinishicha, taxtni shahzoda Maxa Vachiralongkorn egallaydi.
Mavzuga oid
17:14 / 16.07.2026
Biznes-ombudsman Toshkent shahar hokimligini ogohlantirdi
20:24 / 15.07.2026
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalaridan himoya kuchaytiriladi
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
09:05 / 13.07.2026