Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu: «Shaxsan men o‘zimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilaman»
Foto: As
«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir marta o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini aytib o‘tdi.
«Shaxsan men o‘zimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilaman. Men har kuni shundayligimcha qolish uchun chin dildan ishlayman. Ishlashda davom etaman va boshqalar meni muhokama qilishmaydi.
Men hamisha yanada kuchliroq bo‘lishni maqsad qilaman. Men juda ishtiyoqmand odamman va shu mening futbol maydonidagi muvaffaqiyatlarim kaliti bo‘ladi.
Men Yevro-2016 finalida olgan jarohatimdan keyin tiklandim va hozirda o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman.
Men o‘zimning eng yaxshi holatimga qaytdim va yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazishga tayyorman», – deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan Goal.com.
Bundan oldinroq Ronaldu YeChLning o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
16:22 / 27.02.2026
YeChL qur’asi: «Siti»ga yana «Real» tushdi
12:10 / 26.02.2026
Vini yana raqs tushdi, Turinda drama. YeChLda javob o‘yinlari
12:09 / 01.10.2025