Jamiyat | 19:19 / 14.10.2016
5667
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 18-19 oktabr kunlari Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

57 mamlakat a'zo bo‘lgan Islom hamkorlik tashkilotining ushbu yirik anjumani butun dunyo jurnalistlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sessiyani tashkilotga a'zo, kuzatuvchi, muloqot bo‘yicha sherik hamda mehmon sifatida taklif etilgan mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari, qator xalqaro axborot agentliklari, telekanallar, matbuot va internet nashrlari ham yoritib borish istagini bildirgan.  

Ularga keng imkoniyat yaratish maqsadida “Wyndham” mehmonxonasida barcha qulayliklarga ega xalqaro matbuot markazi tashkil etildi. Bu yerda  jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy texnika – yuqori tezlikdagi internet va Wi-Fi aloqasi, elektron namoyish stendlari, kompyuterlar, printerlar, telefonlar va boshqa ko‘p funksiyali qurilmalar o‘rnatilgan. 

Ushbu zamonaviy matbuot markazi dunyo jamoatchiligiga sessiya jarayoni haqida jonli va to‘laqonli ma'lumot berib borishga imkoniyat yaratadi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid