Jahon | 19:18 / 14.10.2016
4958
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya nashri: Mo‘sulni ozod etish uchun asosiy janglar bir necha kun ichida boshlanadi

Foto: Reuters

Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli harbiy amaliyot tayyorgarliklar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, bir necha kundan keyin boshlanadi. Bu haqda diplomatik manbasiga asoslangan holda Anadolu agentligi xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush Turkiya harbiylari Iroqning Mo‘sul va Suriyaning Raqqa shaharlari ozod etilishi uchun boshlanajak janglarda ishtirok etishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi. Buning uchun turkiyaliklar bu amaliyotlarda Suriya kurdlari ishtirok etmasligi shartini qo‘ymoqda.

Shuningdek, AQSh va Saudiya Arabistoni maxfiy xizmatlari IShID jangarilariga Mo‘sul qamali boshlanishidan oldin hududni tark etishga qo‘yib berish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid