Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquq himoyachilari Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatishga chorlashdi
Foto: Reuters
Human Rights Watch (HRW) xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti jahon mamlakatlari, xususan Buyuk Britaniya va AQSh hukumatlarini Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.Zero u bu qurol-yarog‘lar yordamida harbiy jinoyatlar sodir etmoqda. Bu haqida HRW saytida ma'lum qilindi.
"Dafn marosimida berilgan aviazarbalar Yamandagi harbiy operatsiyalarni olib borishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazilishi kerakligidan dalolat beradi. Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar hukumatlari Saudiya Arabistoniga qurol sotishni darhol to‘xtatishlari lozim", - deya ta'kidlandi tashkilotda.
"Koalitsiya zudlik bilan avgustda to‘xtatib qo‘yilgan Sanodagi tijorat parvozlariga ruxsat berishi kerak, bu xasta yoki jarohat olgan har qanday kishiga xorijda tibbiy yordam olish imkonini beradi", - deya qo‘shimcha qildi HRW.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 8 oktabr kuni xusit isyonchilari nazorati ostidagi Sano shahrida (Yaman poytaxti) o‘tayotgan dafn marosimiga qarata berilgan aviazarba natijasida 140 nafar kishi halok bo‘lgan, 525 nafari jarohat olgan. Isyonchilar aviazarbada mamlakat hukumati tomonida jang qilayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasini ayblashdi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026
Saudiya Arabistoni “mashinasiz shahar” qurishni jadallashtirmoqda
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
21:37 / 17.05.2026