Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Xiaomi egiluvchi smartfon ishlab chiqaradi
Internetda ham yassi, ham egilgan ekranda ishlovchi, yangi interfeysli MIUI 8 smartfoni videosi chop etildi. Bu smartfon buklanuvchi smartfonning ishchi prototipidir.
Avvalroq Samsung’ning egiluvchi smartfonlar yaratayotgani haqida bir necha bor ma'lumotlar chop etilgan. Bundan tashqari, bunday smartfonlarning, misol uchun, LG OLED va Samsung’ning o‘zi ishlab chiqargan ekran negizidagi bir nechta prototiplari taqdim qilingan. Endi esa bunday gadjyetni Xiaomi kompaniyasi yaratayotgani ma'lum bo‘ldi. Kompaniyaning bu boradagi ishlari Gadget View kanalida chop etildi.
Rolikda egiluvchan ekranning yassi va egilgan holatda ishlashi namoyish qilingan. Undan ko‘rinishicha, ikkala holatda ham MIUI 8 interfeysi bosishlarga bexato javob beradi, ikonkalar bosiladi, dasturlar yuklanadi. Shu bilan birga ekrandagi tasvir sifati juda yuqori, bunday sifat avval taqdim qilingan egiluvchi smartfonlarda bo‘lmagan.
Egiluvchan smartfonning ko‘rsatkichlari ma'lum qilinmagan, biroq videoda to‘laqonli ishchi prototip tasvirlanganini anglash mumkin. Ko‘rinishicha, hozirda bunday smartfonlarini ishlab chiqarish juda qimmat turadi yoki qo‘shimcha ishlanmalarga ehtiyoj sezadi.
Mutaxassislarning fikricha, Xiaomi yoki bozorning boshqa yetakchilarining bunday smartfonlari do‘konlarda 3-5 yildan keyin paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:40
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026