Aql bovar qilmas ixtirolari bilan tanilgan olimlar
Aql bovar qilmas ishlarni bajaruvchi olimlar dahshatli filmlardagina yaxshi ko‘rinadi, aslida esa bundaylar butun dunyoga tahdid soladi. Gap shundaki, haqiqiy tadqiqotchi o‘z kashfiyotining halokatga sabab bo‘lishi mumkinligini bilsa-da, to‘xtay olmaydi, chunki unga anglash jarayonining o‘zi qiziq tuyuladi. "Don't panic" o‘z ixtirolari bilan butun dunyoni yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan ba'zi olimlar haqida ma'lumot berdi.
Leonardo da Vinchi
Aksariyat kishilar Leonardo da Vinchini Uyg‘onish davrining buyuk dahosi sifatida bilishadi, biroq o‘z zamonasi uchun u "mukammal xasta" hisoblangan. San'at, texnik ixtirolar, anatomik ekzertsislar va hokazo - bir o‘ylab ko‘ring-a, Leonardo da Vinchi hamma narsaga ulgurgan.
Professor Genri Markrem
Janubiy Afrika olimi o‘z hayotini sun'iy intellekt yaratishga bag‘ishladi va aftidan, u ishining uddasidan chiqadi. Blue Brain loyihasining amalga oshirilishi 2018 yilning oxiriga belgilangan - ma'lumotlarga ko‘ra, Markrem dastlab o‘z mahsulotini "Skaynet" deb nomlamoqchi bo‘lgan. Bu hech narsani eslatmayaptimi?
Jovanni Aldini
Meri Shellining Frankenshteyn haqidagi romani yodingizdami? Italiyalik fizik Jovanni Aldini g‘aroyib olim Viktor Frankishteynning prototipi bo‘lgan. Uning osib qo‘yilgan Jorj Foster tanasi ustida olib borgan tajribasi tibbiyot tarixida qoldi: vafot etgan kishi elektr kuchi ta'sirida ko‘zini ochgan, qo‘llarini qimirlatgan. Bunday ixtirodan o‘ziga kelishi qiyin bo‘lgan ilmiy komissiya Aldinini yoqib yuborishiga bir baxya qolgan, natijada fizik shunchaki surgun qilingan.
Charlz Xyolfig
Psixiatr Charlz Xyolfig insonlarning nufuzli shaxslarga bo‘ysunishga qanchalik tayyor ekanliklarini tekshirishni yaxshi ko‘rardi. Uning buyrug‘iga binoan shifoxonadagi tibbiyot hamshiralari bemorlarga "Og‘u" deb yozilgan idishchalardan suyuqlik (aslida esa bu distillangan suv bo‘lgan) tortib yuborishgan. 22 hamshiradan 21 nafari lavozimiga ko‘ra o‘zidan yuqori turuvchi kishining buyrug‘ini darhol bajargan, lekin tadqiqotchining o‘zini shifoxonadan sharmandalarcha haydashgan.
Ilon Mask
Hamma uchun sevimli Toni Starkning hayotdagi aksi Ilon Mask aslida aql bovar qilmaydigan g‘oyalarni ilgari suradi. Hyperloop loyihasi bir shahardan ikkinchisiga tezkor quvur orqali harakatlanishi kerak: bir soatda yuzlab kilometr tezlikdagi bunday sayohat qanday o‘tishini tasavvur qila olayapsizmi? Bundan tashqari, Mask ham sun'iy intellekt yaratishga qiziqadi. 2015 yilning dekabrida u kelajakni loyihalashtirish va o‘rganish tadqiqot markazi bo‘lgan OpenAI taqdimotini o‘tkazgan. Mars sayyorasi borasidagi tadqiqotlarining o‘ziyoq alohida mavzu.
Robert Oppengeymer
Amerikalik nazariyachi-fizik Yulius Robert Oppengeymer o‘n yil davomida Berkli universitetida ta'lim bergan. Bo‘sh vaqtlarida esa dunyodagi ilk atom bombalari yaratilgan "Manxetten" loyihasi ustida ishlagan. Olim bunday vayronkor qurolni Kongressga namoyish qilishga qarshilik qilgan, lekin uning urinishlari besamar ketgan.
Suratlar: dnpmag.com
Mavzuga oid
14:54 / 17.05.2024
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
08:15 / 06.01.2024
Nobel mukofotiga munosib, ammo unga loyiq ko‘rilmagan olimlar
14:30 / 07.10.2023
“Bu yer biznes qiladigan joy emas” - faollar Botanika bog‘i taqdiridan xavotirda
15:47 / 16.02.2023