Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yorug‘lik diodlarining o‘rnini bosuvchi organik molekulalar olindi
Foto: morning-news
Xitoylik mutaxassislar yorug‘lik diodlarining o‘rnini bosuvchi organik molekulalar yaratdilar. Ular xona haroratida va yorug‘lik diodlaridan ikki barobar kuchliroq nur tarqatadi, deb xabar bermoqda EurekAlert!.
Gonkong fan va texnologiya uuniversitetining xodimlari Ben Chjun Tan, Veychjun Jao va Zikay Xi laboratoriya sharoitida beshta xushbo‘y nometall karbonil saqlovchi molekulalarni sintezlashdi. Dastlab jarayon kompyuterda modellashtirildi va bu xona haroratida barqaror yorug‘lanishni olishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoni chetlab o‘tishga imkon berdi.
Molekulalar 230 millisoniya davomida yorug‘lanishga qodir. Bunda nurlanish rangi ko‘kdan qizil-zarg‘aldoqqacha o‘zgaradi. Olimlarning ta'kidlashicha, yaratilgan molekulalar diodlarning o‘rnini bosishi mumkin.
Endi olimlar oldida molekulalar nurlanishi uzoqligini oshirish vazifasi turibdi. Bundan tashqari, olimlar bu molekulalar negizida yuqori aniqlikdagi datchik va yorug‘lik sezuvchi viklyuchatellar yaratishmoqchi.
Mavzuga oid
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
15:46 / 19.08.2025
Miyadagi fikrlarni ovozga aylantiradigan qurilma ishlab chiqildi
00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
22:31 / 24.06.2025