Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: BMT xodimlari Halabga jangarilarni olib ketish uchun yetib keldilar
Foto: RIA
BMT xodimlari Suriyaning Halab shahri tumanlaridan biriga shaharning sharqiy qismidan qurollangan tuzilmalar jangarilarini olib chiqish jarayonini boshlash uchun yetib keldilar, deb ma'lum qildi voqea joyidagi manba Sputnik nashriga.
Avvalroq Halabdan "Jibhat an-Nusra" jangarilarini olib chiqish tashabbusini BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bildirgandi. Rossiya bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, BMT xodimlari Bo‘ston al-Qasr tumaniga kelganlar. U yerda jangarilarni olib chiqib ketish uchun avtobuslar shay turibdi.
Taxmincha, jangarilar u yoki guruhga mansubligidan qat'iy nazar olib chiqib ketiladi. Ularning aniq soni noma'lum. Shuningdek, jangarilar qaysi tomonga olib ketilishi ham noaniq.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
17:30 / 18.01.2026