10:31 / 16.10.2016
14153

16 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

15 oktabr tuni va 16 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston FVV havo sovib ketishi va qor yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirmoqda

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 15 oktabrda O‘zbekistondagi barcha mobil aloqa abonentlariga 17-18 oktabrda havo keskin sovib ketishi va qor yog‘ishi mumkinligi haqida xabar jo‘natdi.

Batafsil.

Los-Anjyelesda restorandagi otishmada 3 kishi halok bo‘ldi

AQShning Los-Anjyeles shahridagi restoranlardan birida yuz bergan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi.

Batafsil.

Rossiyaning Primore o‘lkasida Shimoliy Koreya kemasi rossiyalik chegarachilarga hujum qildi

Shimoliy Koreyaning baliq ovlovchi kemasi Rossiyaning Primore o‘lkasidagi iqtisodiy hududda uni tekshirmoqchi bo‘lgan rossiyalik chegarachilarga hujum qilishga urindi.

Batafsil.

WikiLeaks Trampni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan demokratlar maktublarini chop etdi

WikiLeaks portali AQSh Demokratik partiyasi a'zolarining AQSh prezidenti lavozimiga respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp firmasida ayollarni kamsituvchi lavozimlar ochilgani haqida mish-mish tarqatish istagi bildirilgan maktublarini chop etdi.

Batafsil.

Amerikalik huquq himoyachilari Obamadan Suriyadagi urushni to‘xtatishni talab qilishdi

AQShning Birlashgan milliy aksilharbiy koalitsiyasi huquq himoyachilari AQSh prezidenti Barak Obamadan Suriyadagi urushni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilishdi.

Batafsil.

Tailandda qora kiyimni baland narxda sotish taqiqlab qo‘yildi

Tailand hukumati kiyim-kechak sotuvchilarni qirol Pumipon Adulyadet vafotidan keyin motam rangiga katta talab bo‘lishi sababli qora rangdagi kiyimlarga narxni oshirmaslikdan ogohlantirdi.

Batafsil.

Shotlandiyalik chaqaloqlar 2017 yildan boshlab hukumatdan sovg‘alar oladilar

2017 yildan boshlab Shotlandiyada tug‘iladigan har bir bola chaqaloqlarga kerakli bo‘ladigan buyumlar solingan qutilarni sovg‘aga olishadi, deb ma'lum qildi Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyen.

Batafsil.

Leonardo Di Kapriodan BMT elchisi lavozimidan ketish talab qilindi

Gollivud aktyori, BMTning iqlim muammolari bo‘yicha elchisi hisoblanuvchi Leonardo Di Kaprioga bu vakolatdan voz kechish va korruptsion mojaroga aloqador bo‘lgan  Malayziyaning 1MDB jamg‘armasidan olgan pullarni qaytarib berish talab qilindi.

Batafsil.

Qandli diabetni tibbiyot aralashuvisiz mag‘lub qilgan inson tarixi

Qandli diabetni tabiiy vositalar yordamida mag‘lub qilish mumkin.  E'tiboringizga "Budte zdorovy" jurnalida taqdim etilgan, qandli diabet, yuqori qon bosimi kasalliklarini tibbiy dori-darmonlarsiz mag‘lub qilgan hamda ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan inson tarixini havola qilamiz.

Batafsil.

Aql bovar qilmas ixtirolari bilan tanilgan olimlar

Aql bovar qilmas ishlarni bajaruvchi olimlar dahshatli filmlardagina yaxshi ko‘rinadi, aslida esa bundaylar butun dunyoga tahdid soladi. Gap shundaki, haqiqiy tadqiqotchi o‘z kashfiyotining halokatga sabab bo‘lishi mumkinligini bilsa-da, to‘xtay olmaydi, chunki unga anglash jarayonining o‘zi qiziq tuyuladi.

Batafsil.

A Seriya. "Yuventus" Paulo Dibalaning dubli evaziga "Udineze"ni mag‘lub qildi

Italiya A Seriyasining 8-turida "Yuventus" jiddiy qarshilikga duch keldi. Turinliklar o‘z maydonlarida "Udineze"ni qabul qildi.

Batafsil.

La Liga. "Atletiko" dastlab gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, "Granada" darvozasini yetti bor ishg‘ol qildi

Ispaniya chempionatining 8-turida "Atletiko" jamoasi o‘z maydonida "Granada"ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar uchrashuvning 4-daqiqasida hisob ochdi, - 0:1. Bu goldan keyin "matraschilar" raqib darvozasiga yetti bor to‘p kiritishning uddasidan chiqdi.

Batafsil.

APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo‘qotdi, «Arsenal» safarda g‘alabaga erishdi

Angliya premer-ligasi 8-turida 6ta uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil.

Top