Ispaniya chempionatining 8-turida "Atletiko" jamoasi o‘z maydonida "Granada"ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar uchrashuvning 4-daqiqasida hisob ochdi, - 0:1. Bu goldan keyin "matraschilar" raqib darvozasiga yetti bor to‘p kiritishning uddasidan chiqdi. Shunday qilib, Diyego Simeone shogirdlari "Granada"ni 7:1 hisobida mag‘lub qildi va navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi.
«Atletiko» – «Granada» – 7:1 (2:1)
Gollar: Ferreyra-Karrasko 34, Ferreyra-Karrasko 45, Ferreyra-Karrasko 61, Gaytan 63, Gaytan 81, Korrea 85, Tiagu 87 - Kuenka 18
Ogohlantirishlar: Korrea 60, Agbo 64









