2017 yildan boşlab Şotlandiyada tuğiladigan har bir bola çaqaloqlarga kerakli böladigan buyumlar solingan qutilarni sovğaga olişadi, deb ma'lum qildi Şotlandiya birinçi vaziri Nikola Sterjyen. Bu haqda Independent xabar bermoqda. 

Uning aytişiça, bu amaliyot tatbiq qilinadigan ilk hududlarda ayollar uşbu sovğalarni yanvardan boşlab olişadi. Loyiha esa töliq yozdan işga tuşiriladi.

"Biz har bir bolakayga çaqaloqlar uçun zarur bölgan buyumlar qutisini berişga va'da berdik. Bu Finlyandiyadan örnak qilib olingan siyosat bölib, u dunyodagi bolalar ölimining eng past körsatkiçlariga olib kelgan", deb aytdi Sterjyen.

Bunday qutining birinçisi Yangi yil nişonlanayotgan vaqtdayoq öz egasiga yuboriladi.

Ta'kidlanişiça, Finlyandiyada bunday qutilar 80 yildan beri barça homilador ayollarga berib kelinadi. Qutida bolalar kiyimidan boşlab tagliklargaça çaqaloqlarga möljallangan 80 dan köproq buyum böladi. Ba'zida bolalar bu qutilarda uxlaşadi ham.