Jahon | 10:54 / 16.10.2016
9513
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh esminetsi Yaman yaqinida hafta davomida uchinchi marta o‘qqa tutildi

Foto: Reuters

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining USS Mason esminetsi Yaman qirg‘oqlari yaqinidagi xalqaro suvlarda suzib yurganida yana hujumga uchradi.

NBC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab kemaga qarata raketa uchirilgan. Hujum oqibatida talofatlar yo‘q, raketa nishonga tegmagan. Uning uchirilish nuqtasi aniqlanmagan.

Dushanba kuni ilk marta Yamandan turib AQSh esminetsiga zarba berilgani ma'lum qilindi. Haftaning chorshanba kuni yana bir necha raketa kema turgan hududga kelib tushgan.

Amerikaliklar bu hujumlarda Yamandagi isyonchi kuchlar - husiychilarni aybladi. Husiychilar bu hujumlarga aloqador emasligini takrorladi, lekin AQSh qurolli kuchlari bu hujumlarga javob sifatida Yamandagi ba'zi nuqtalarni o‘qqa tutdi.

Keyinroq, Oq uy vakili Erik Shults yana hujum ro‘y bergudek bo‘lsa, AQSh Yaman bo‘ylab zarbalar berishini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid