02:14 / 16.10.2016
9424

"Real" ketma-ket to‘rt durangdan keyin, "Betis"ni mag‘lub qildi

Foto: RealMadrid.com

Ispaniya chempionatining 8-turida "Real" safarda "Betis"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda madridliklar katta ustunlikga ega bo‘lishdi va raqiblari darvozasini olti bor ishg‘ol qildi. Dastlab 4-daqiqada Rafael Varan uchrashuvdagi hisobni ochdi, - 0:1. Biroz o‘tib Karim Benzema "Real"ning bahsdagi navbatdagi golini urdi, - 0:2. 40-daqiqada esa Marselo gol urgan bo‘lsa, keyinchalik katta sahnaga Isko chiqdi. Natijada, birinchi bo‘limda "Real" 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan tanaffusga chiqib ketdi. 

Ikkinchi bo‘limda "Real"ning biroz e'tiborsizligidan Alvaro Sexuda o‘rtadagi farqni qisqatirdi, - 1:4. Bu goldan biroz vaqt o‘tib esa Isko va Krishtianu Ronaldu ham "Betis" darvozasiga yo‘l topa olishdi va yakunda "Real"ning 6:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa  qo‘shdi. 

Ispaniya chempionati, 8-tur
Betis – Real Madrid 1:6 (0:4)
Gollar: 
0:1 – 4 Varan, 0:2 – 31 Benzema, 0:3 – 39 Marselo, 0:4 – 45 Isko, 1:4 – 55 Sexudo, 1:5 – 62 Isko, 1:6 – 78 Ronaldu. 
Betis – Adan, Mandi, Durmisi, Pichchini, Petstselya, Brashanats (Zozulya, 46), Petros, Marten (Sebalos, 67), Sanches, Ruben Kastro, Alegriya (Sexudo, 46).
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Varan, Kovachich (Vaskes, 65), Kroos, Isko, Beyl (Asensio, 79), Ronaldu, Benzema (Morata, 75).
Ogohlantirishlar: Isko (43), Petstselya (49), Zozulya (77), Petros (90).

Top