Jahon | 22:50 / 17.10.2016
12168
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada Gitler tug‘ilgan uy buzib tashlanadi

Foto: AP

Avstriya hukumati Adolf Gitler tug‘ilgan Braunau-am-Inn shahridagi uyni buzib tashlamoqchi, deb ma'lum qildi mamlakat ichki ishlar vaziri Volfgang Sobotka.

"Yerto‘la plitasi qolishi mumkin, biroq yangi bino barpo etiladi. Uy so‘ngra xayriya yoki davlat ehtiyojlariga ko‘ra ishlatilishi mumkin", deb aytdi Sobotka Die Presse nashriga.

Uning tushuntirishicha, ushbu qaror mutaxassislarning tadqiqoti negizida qabul qilingan. 18 oktabrda vazir tegishli jarayonni parlamentda ham boshlamoqchi, deb xabar bermoqda nashr.  

Mamlakat hukumati 2011 yildan beri uyning egasi bilan uyni boshqarish bo‘yicha kelishuvga kela olmayapti. Uyni egasi uyni na sotishga, na ta'mirlashga ruxsat bermayapti, buning ustiga hukumat uy ijarasiga 4800 ming yevro to‘lab kelmoqda.

Iyul o‘rtalarida Vazirlar kengashi uyni musodara qilish va uning egasiga tovon puli to‘lashga ruxsat bergan, buning uchun esa federal qonunga o‘zgartirish kiritish lozim.

Mamlakatning yodgorliklarni saqlash jamiyatida uyning buzilishiga qarshi chiqmoqdalar. Mahalliy aholi ham bu borada turlicha fikr bildirmoqda, uy o‘rnida muzey yoki qochqinlar uchun boshpana tashkil qilish imkoniyati ham istisno qilinmayapti.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid