28 iyun kuni bölib ötgan saylovning yakuniy natijalariga köra, Avstriya Kommunistik partiyasi 35,63 foiz ovoz töpladi. Bu unga şahar kengaşidagi 48 örindan 18 tasini egallaş imkonini beradi.

Bu kommunistlarning Gratsdagi ketma-ket ikkinçi ğalabasi hisoblanadi. Partiya 2021 yilda ham kutilmagan tarzda saylovda birinçi örinni egallagan edi. Öşanda KPÖ 28,84 foiz ovoz olgan bölsa, bu safar uning qöllab-quvvatlovçilari yanada köpaydi.

Siyosiy tahlilçilarning ta’kidlaşiça, «Grats boşqaça ovoz beradi» degan ibora bu gal ham öz tasdiğini topdi. Çunki kommunistlar mamlakatning ikkinçi yirik şahrida maşhur bölsa-da, ular 60 yildan ziyod vaqtdan beri Avstriya parlamentiga kiriş uçun zarur ovoz töplay olmagan.

Kuzatuvçilar partiyaning muvaffaqiyatini birinçi navbatda uy-joy siyosati bilan boğlamoqda.

2021 yildan buyon Grats burgomistri lavozimida işlab kelayotgan Elke Kar şaharda uy-joy qurilişi va aholini turar joy bilan ta’minlaş masalalari böyiça faoliyati bilan tanilgan.

Tahlilçilar fikriça, mahalliy kommunistlar aynan şu yönalişga urğu berib, raqiblariga qarşi keskin populistik bayonotlarsiz iş olib borgani saylovçilar işonçini qozonişga yordam bergan.

Partiya öz dasturida ijtimoiy adolat, kapitalizm tanqidi va an’anaviy söl ğoyalarni saqlab qolgan bölsa-da, Elke Kar bu mavzularda ehtiyotkor siyosiy uslubni tanlagan.

Şu bilan birga, ommaviy axborot vositalari qayd etişiça, Kar avvalroq Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi joriy etgan sanksiyalarini tanqid qilgan. U Rossiyaning Ukrainaga qarşi hujumini qoralagan bölsa-da, iqtisodiy çeklovlar samarasiz ekanini va ular asosan aholi zimmasiga oğirlik solayotganini aytgan.

Saylovda ikkinçi örinni Avstriya Xalq partiyasi egallab, 25,35 foiz ovoz oldi. «Yaşillar» 14,84 foiz bilan uçinçi örinni band qildi.

Butun mamlakat miqyosida ommabop bölgan öng populistik Avstriya Ozodlik partiyasi esa Gratsda atigi 12,2 foiz ovoz töplab, törtinçi örinda qoldi.

Bu natija mamlakatdagi umumiy siyosiy manzaradan farq qiladi. Çunki 2024 yilgi parlament saylovlarida aynan Avstriya Ozodlik partiyasi birinçi örinni egallagan, kommunistlar esa parlamentga ötiş uçun yetarli ovoz töplay olmagan edi.