Jahon | 23:38 / 17.10.2016
7269
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston yadroviy triada shakllantirilishi yakunlanganini e'lon qildi

Foto: AP

Hindiston yadroviy triada shakllantirilishi yakunlanganini e'lon qildi. Bu haqda NewsX xabar bermoqda. 

Axborot agentligining ta'kidlashicha, flotga "Arixant " suv osti raketa tashuvchisining topshirilishi bilan Hindiston qurolli kuchlari yer usti, dengiz va havo orqali yetkazib berish vositalariga egalik qila boshlaganlar. Avvalroq mamlakat qurollanishiga yadroviy qurolni qo‘llay oladigan samolyotlar va quruqlikda joylashtiriluvchi ballistik raketalar qabul qilingan.  

Hindiston atom suv osti raketa tashuvchi kemalariga ega bo‘lgan 6-davlat bo‘ldi. Bungacha ushbu "nufuzli klub" Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoydan iborat bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid