Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino «MYu» va «Liverpul» bahsi oldidan muxlislarga murojaat qildi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi hamda «Liverpul» muxlislarini oldindagi uchrashuv vaqtida «Hillsboro» va Myunxen fojialariga oid haqoratli hayqiriqlar aytmaslikka chaqirdi.
«Futbolda, agar shunday deb atash mumkin bo‘lsa, futbol fojialari ro‘y berib turadi. Bu — muhim o‘yindagi mag‘lubiyat, o‘yinchining xatosi. Qaysidir ma'noda buning ustidan kulish mumkin.
Lekin insoniy fojia — bu juda og‘ir va dahshatlidir. O‘ylaymanki, bu muxlislar o‘z hayqiriqlarida buni tilga olgan oxirgi holat edi. Chunki bu haqiqatdan katta fojia bo‘ladi.
Oldimizda turgan o‘yinda shunga o‘xshash holatni kuzatsam, qattiq xafa bo‘laman», degan Mourino.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» ishqibozlari «Liverpul» bilan o‘yinda «Hillsboro» stadionida yuz bergan fojiada mersisaydlik muxlislarning o‘limini eslatishgan, «Liverpul» muxlislari esa ularga javoban «MYu» asosiy tarkibi bo‘lgan samolyotning portlab ketishi bilan bog‘liq Myunxen fojiasi haqida aytishgandi.
Mavzuga oid
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi
11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?
12:30 / 05.05.2019