Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Indoneziya, Falastin va Kot-D’Ivuar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
2016 yilning 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Indoneziya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Shu kuni O‘zbekiston TIV rahbari Falastin va Kot-D’Ivuar TIV rahbarlari bilan ham alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik vazir falastinlik hamkasbi Riyoz al-Malki bilan uchrashuvda ikki davlat munosabatlarining, jumladan IHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Shundan so‘ng, Kot-D’Ivuar Tashqi ishlar vaziri Abdulla Albert Mabri bilan uchrashuvda BMT, IHT doirasidagi O‘zbekiston-Kot-D’Ivuar hamkorligi masalalarini muhokama qilindi va ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
12:44 / 23.01.2026