Abdulaziz Komilov Ozarboyjon TIV rahbari bilan ikki davlat munosabatlari holatini muhokama etdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17 oktabr, dushanba kuni Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Ozarboyjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyarov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildi hamda ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida IHT vazirlar uchrashuvining kun tartibi hamda mazkur tashkilotda O‘zbekistonning rasiligi doirasida boshqa tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuvda Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024