Jahon | 12:00 / 18.10.2016
15712
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik IShIDga yordam bermoqchi bo‘lganini tan oldi

Amerika adliya vazirligining xabar qilishicha, AQSh fuqarosi IShIDga yordam berishga uringaniga iqror bo‘lgan. 

Gumonlanuvchi Virjiniya shtatining 26 yoshli fuqarosi Haris Qamar ekani aytilmoqda. 

"Janob Qamar IShIDga yordam berishga uringan. U shu maqsadda Amerika poytaxtiga hujum qilmoqchi bo‘lgan yakka jinoyatchilarni qo‘llab-quvvatlagan", — deyiladi bayonotda. Qayd etilishicha, Qamar FQBning maxfiy axborotchisi bilan IShIDni Vashington shahri va atrofidagi nishonlarning suratlari bilan ta'minlashni muhokama qilgan. 

Aybiga iqror bo‘lgan gumondor suratlarni qayerda olish fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Xususan, gap Pentagon va shaharning boshqa nuqtalari haqida borgan. FQB axborotchisi Qamar bilan bir necha marotaba uchrashgan bo‘lib, ulardan birida Haris IShID tarkibiga kirishga uringanini ham aytgan. 

Sputnik agentligiga ko‘ra, FQB agentlari Qamarni iyul oyida qo‘lga olgan. 

Xabar qilinishicha, mahkama jarayoni 2017 yil yanvarida bo‘lib o‘tadi, Qamarga ko‘pi bilan 20 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. 

Mavzuga oid