AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 11 iyun kuni mazkur çoralar haqida ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, Kuba hukumati energetika sohasidan aholi ustidan nazorat örnatiş va öz manfaatlarini ta’minlaş vositasi sifatida foydalanmoqda.
Yangi qarorga muvofiq, CUPET kompaniyasi AQŞning maxsus sanksiyalar röyxatiga kiritildi. Endi AQŞ fuqarolari va kompaniyalariga mazkur taşkilot bilan har qanday tijorat munosabatlarini örnatiş taqiqlanadi.
Amerika Moliya vazirligi ma’lumotiga köra, CUPET bilan hamkorlik qiluvçi xorijiy şaxslar va taşkilotlar ham ikkilamçi sanksiyalar xavfiga duç kelişi mumkin.
Vaşington bosimni davom ettirmoqçi
Marko Rubioning bildirişiça, Kuba xalqi köproq iqtisodiy va siyosiy erkinliklarga erişmaguniça AQŞ kommunistik rejimning energetika savdosidan foydalaniş imkoniyatlarini çeklaş siyosatida davom etadi.
U Vaşington Kuba rahbariyatining korrupsiyaviy manfaatlari va aholiga nisbatan bosim siyosatiga qarşi kuraşiş uçun iqtisodiy çoralarni kuçaytirişini ta’kidladi.
Bir hafta avval Kuba rahbariyatiga qarşi ham sanksiyalar kiritilgan edi
Bu AQŞning sönggi kunlarda Kubaga qarşi qabul qilgan birinçi çeklovi emas.
4 iyun kuni Vaşington Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel hamda sobiq rahbar Raul Kastroning bir qator yaqin qarindoşlariga qarşi iqtisodiy sanksiyalar joriy qilgan edi.
Yangi çeklovlar prezidentning turmuş örtoği va ögay öğliga, şuningdek Raul Kastroning farzandlari va nabiralaridan ayrimlariga ham tatbiq etildi.
95 yoşli Raul Kastro rasman davlat lavozimlarini egallamasa-da, mamlakat siyosiy hayotida muhim ta’sirga ega şaxs sifatida qaraladi.
Kubada iqtisodiy inqiroz çuqurlaşmoqda
Sönggi oylarda AQŞ va Kuba örtasidagi munosabatlar yanada keskinlaşdi. Kuba rasmiylari Vaşingtonni orol davlatiga qarşi bosim va tahdidlarni kuçaytirişda ayblamoqda.
1962 yildan beri AQŞ iqtisodiy embargosi ostida yaşab kelayotgan Kuba hozirda SSSR parçalanganidan keyingi eng oğir iqtisodiy inqirozlardan birini boşdan keçirmoqda. Mamlakatda elektr energiyasi uzilişlari, yonilği tanqisligi va iqtisodiy qiyinçiliklar kuçaygan.
Vaziyatga Venesueladan neft yetkazib beriş hajmining qisqarişi ham ta’sir qilgan. Ilgari Kubaning asosiy energetik hamkori hisoblangan Karakas bilan aloqalar zaiflaşişi oroldagi energetik muammolarni yanada kuçaytirgan.
Tahlilçilar fikriça, yangi sanksiyalar Kuba iqtisodiyotiga qöşimça bosim ötkazişi va mamlakatning yonilği ta’minoti bilan boğliq muammolarini yanada oğirlaştirişi mumkin.












