Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Babayan Rossiya chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Vadim Afoninni termaga chaqirishi shartini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan «Chempionat» nashriga bergan intervyusida Rossiyaning «Orenburg» klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Vadim Afoninni terma jamoaga chaqirishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Undan rossiyalik jurnalist Vadim Afonin O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lsada, nega termada emasligi sababini so‘ragan.
«Afoninning fuqaroligi to‘g‘risidagi mish-mishlar ko‘payib ketdi. Men u bilan gaplashdim va uni bajonudil terma jamoaga taklif qilishimni aytdim. U ham terma jamoada o‘ynashga tayyor ekanini ta'kidladi. Lekin uning pasporti bilan bog‘liq vaziyat bunga yo‘l bermayapti.
Yaqin orada, uning pasporti huquqiy kuchga ega yoki yo‘qligiga aniqlik kiritib olamiz. Agar muammo hal bo‘lsa, navbatdagi o‘yinga chaqiramiz. Albatta, Afonin o‘zining o‘yini bilan terma jamoadan chaqiruv olishga loyiq ekanini isbotladi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi mutaxassislari bu borada ish olib bormoqda», degan murabbiy.
Afonin 2012 yilda O‘zbekiston termasi safida bir marta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan.
29 yoshli Vadim Afonin «Orenburg» klubining Premer-Ligaga qadam qo‘yishida o‘z hissasini qo‘shdi. U chempionatning ortda qolgan to‘qqiz turi davomida sakkiz bor maydonga tushgan.
Mavzuga oid
23:14 / 07.03.2019
To‘labek Akramov: «Babayan «Lokomotiv» asosiy jamoasining ishlariga aralashmaydi»
12:11 / 23.04.2018
Babayan «Spartak»da boshqa lavozimga o‘tkazildi
08:05 / 15.07.2017
O‘zbekiston terma jamoasida Guus Hiddinkning cobiq yordamchisi ish boshladi
14:07 / 29.03.2017