Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Babayan rus nashriga bergan intervyusida Eldor Shomurodovni alohida ta'rifladi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan «Chempionat» nashriga bergan intervyusida mamlakatda mahoratli futbolchilarning yangi avlodi o‘sib kelayotganini hamda O‘zbekiston futboli tarixidagi eng iqtidorli jamoani boshqarayotganini ta'kidladi.
U «Bunyodkor» vakili hisoblangan hujumchi Eldor Shomurodovga alohida to‘xtalgan.
Rus jurnalisti murabbiydan terma jamoaga yoshlarni faol jalb qilishi O‘zbekistonda iqtidorli avlod yetishib chiqqani bilan bog‘liqligini aniqlashtirish uchun savol bergan.
«Haqiqatan ham hozirda ko‘plab yosh iqtidorli futbolchilar yetishib chiqdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston — o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisi. Men hozir terma jamoaga taklif qilayotgan futbolchilar ushbu musobaqalarda ishtirok etib, yaxshi tajriba to‘plashdi. Masalan, yoshlar terma jamoamiz Yangi Zelandiyadagi jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirdi. Bu yaxshi natija, ammo, nazarimda, jamoa yarim finalgacha yetib borishi mumkin edi. Hozirda bu yigitlar o‘z klublarining yetakchisi hisoblanadi. Ular doimiy ravishda Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ishtirok etishadi. Bizda yaxshi yosh futbolchilar ko‘p.
Nazarimda, O‘zbekiston futboli tarixidagi eng iqtidorli jamoani boshqaryapman. Avvalgi avlod vakillarini ranjitish niyatim yo‘q, bu mening shaxsiy fikrim. Hozirda tarkibimizda Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Azizbek Haydarov, Server Jyeparov va Aleksandr Geynrix darajasidagi futbolchilar bor va ular atrofida jamoa qurilmoqda.
Shuningdek, Igor Sergeyev, Yegor Krimets, Otabek Shukurov, Davron Hoshimov, Javohir Sohibov va Eldor Shomurodov kabi yosh futbolchilar jamoaga kirishib ketmoqda.
Shomurodovga alohida to‘xtalmoqchi edim. Hozirda u terma jamoaning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. O‘ylaymanki, Eldor yaqin orada jamoaning yetakchisiga aylanadi. Eldor mehnatkashligi bilan ajralib turadi. U jismoniy jihatdan baquvvat, u dribling ishlatishdan cho‘chimaydi. Uning aldamchi harakatlari — tug‘ma iqtidor. Bu narsani amalga oshira oladigan futbolchilar ko‘p, ammo Shomurodov kerakli paytda driblingdan foydalanadi va shundan so‘ng o‘z vaqtida uzatma beradi yoki darvoza tomon zarba beradi. O‘ylaymanki, kelajakda u top-futbolchiga aylanadi», – degan Babayan.
U Shomurodovning o‘z faoliyatini Yevropada davom ettirishi ehtimollari haqidagi savolga javob bergan.
«Hozirgi kunda Osiyo klublari katta moliyaviy imkoniyatlarga ega. Arab jamoalariga o‘tib, u yerda o‘ynash mumkin. Afsuski, ba'zida futbolchilar o‘zining rivojlanishidan ko‘ra katta pullarni ustun qo‘yishadi. Lekin Shomurodov Yevropa jamoasiga o‘tishni va u yerda rivojlanishni istaydi. Eldor to‘g‘ri fikrlayotganidan xursandman. U o‘z iqtidorini rivojlantirish va o‘sish kerakligini tushunadi», – degan murabbiy.
Eldor Shomurodov Yevropaga yo‘l olishi mumkin
Mavzuga oid
23:14 / 07.03.2019
To‘labek Akramov: «Babayan «Lokomotiv» asosiy jamoasining ishlariga aralashmaydi»
12:11 / 23.04.2018
Babayan «Spartak»da boshqa lavozimga o‘tkazildi
08:05 / 15.07.2017
O‘zbekiston terma jamoasida Guus Hiddinkning cobiq yordamchisi ish boshladi
14:07 / 29.03.2017