Jamiyat | 11:30 / 18.10.2016
6852
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Meksikada ko‘cha o‘g‘rilarining barmoqlari kesib tashlandi

Foto: AP

Meksikada noma'lum kimsalar, ko‘cha o‘g‘rilari bo‘lgani taxmin qilinayotgan olti kishini mustaqil ravishda jazolashdi. Ularning barmoqlari kesib tashlangan, deb yozmoqda Proceso nashri. 

Voqea Xalisko shtati Gvadalaxara shahri chekkasidagi Tlakepak shaharchasida ro‘y bergan. Barmoqlari kesilgan odamlar noma'lum jinoyatchilar tomonidan ko‘chaga tashlab ketilgan, ularning yonidagi sumkaga barmoqlari ham qoldirilgan. 

Shuningdek, ularning yonida qoldirilgan yozuvlarga ko‘ra, qasoskorlar mashina va mototsikllarni, ayollar va bolalarning buyumlarini o‘g‘irlaganlarni shunday usulda jazolashgan. Mustaqil mahkama o‘tkazgan guruh faollari o‘zlarini "Kalamushlarga qarshilar" deb atagan.

Jabrdiydalarning — besh nafari erkak va biri ayoldir. Ular tirik bo‘lsa-da, bo‘lib o‘tgan voqeadan o‘zlarini yo‘qotishgan. Shu sababli, biron ko‘rsatma bera olishmagan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, bir kishi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid