OCh-U19. O‘zbekiston Avstraliyaga qarshi 1 kishi kam bo‘lib o‘ynab g‘alaba qozondi va guruh masalasini hal qildi
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining D guruhida 2-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Birinchi turda Tojikiston yoshlarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Jasur Abduraimov jamoasi ikkinchi turda Avstraliya vakillariga qarshi o‘ynadi.
O‘yinning birinchi qismi O‘zbekiston vakillarining to‘la ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham aks etdi. Avvaliga birinchi bo‘limning 28-daqiqasida Bobur Abduxoliqov jamoamizning juda chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunlab, hisobni ochdi. 40-daqiqaga kelib, Doston Ibragimov raqib darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida yana Ibragimov o‘ng qanotda uyushtirilgan hujumni gol bilan yakunlandi – 0:3.
Ammo o‘yinning 55-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Islom Qobilov qizil kartochka oldi va o‘zbekistonliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ko‘p o‘tmay, 63-daqiqada O‘zbekiston darvozasiga penalti belgilanib, hisob qisqardi. Avstraliyaliklar o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda yana bir marta penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi va hisob yana o‘zgardi - 2:3.
G‘alabani saqlab qolgan O‘zbekiston so‘nggi tur natijalaridan qat'i nazar, guruhda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqib bo‘ldi.
1-turda O‘zbekistonni mag‘lub etib turib, yakunda 2 ta gol o‘tkazib yuborgan Tojikiston termasi, 2-turda Xitoyni mag‘lub etdi — 2:0. Uchrashuvning 3-daqiqasida tojikistonlik futbolchilar hisobni penaltidan ochgan bo‘lsa, 65-daqiqada Xitoy darvozasi ikkinchi bor ishg‘ol qilindi.
Endilikda O‘zbekiston 6 ochko bilan birinchi o‘rinda va guruh bosqichi masalasi hal etilgan. Tojikiston va Avstraliya hisobida 3tadan ochko bor. Keyingi turda aynan shu jamoalar o‘zaro o‘ynaydi va bu o‘yindagi durang ham tojikistonliklar jamoasini keyingi bosqichga olib o‘tadi.
Avstraliya - O‘zbekiston — 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 28 Abduxoliqov, 0:2 – 40 Ibragimov, 0:3 – 46 Ibragimov, 1:3 – 63 penalti Yuley, 2:3 - 90+3 penalti Blekvud.
Avstraliya: Tom Glover, Villiam Mutx, Tomas Deng, Jyekson Bandira, Liam Rouz, Mario Shebou, Jorj Blekvud, Yozef Chempness, Stiv Kuzmanovski, Jorj Kristos, Liam Yuliy
O‘zbekiston: Umidjon Hamroyev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobulov, Xushnudbek Avilov, Oybek Rustamov, Azizjon G‘aniyev, Sharof Muhitdinov, Jamshid Yusupov, Doston Ibragimov, Jasurbek Yaxshiboyev, Bobur Abduxoliqov.
Tojikiston – Xitoy – 2:0 (1:0)
Gollar: Exsoniy (3), Xamroqulov (65)
Mavzuga oid
18:59 / 11.11.2024
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
22:21 / 09.11.2024
Avstraliya plyajlarida ochlikdan qiynalgan minglab bo‘ronqushlar jasadi paydo bo‘ldi
23:05 / 07.11.2024
Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi
19:32 / 07.11.2024