Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari may oyida 307,3 mln dollarga kamayib, 1 iyun holatiga 70,58 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan hisobotda keltirib ötilgan.

Ötgan oy davomida zaxiralarning valuta qismi 1,4 mlrd dollarga, oltin qismining qiymati 156 mln dollarga qisqardi. Öz navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 13,3 mln troya unsiyadan 13,6 mln troya unsiyaga yetgan.

Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qoğozlar portfeli esa keskin oşib, 1,5 mlrd dollardan 2,8 mlrd dollargaça köpaygan.

«Özbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil may oyida 307,3 mln dollarga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining  4625,80 dollardan 4516,85 dollargaça tuşişining ta’siri 1,5 mlrd dollarni taşkil etdi», deyiladi MB izohida.