Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi AQShni Mo‘suldan jangarilarning chiqishiga yordam berayotganlikda aybladi
Suriya armiyasi AQSh va Saudiya Arabistonini jangarilarga Mo‘suldan Suriyaga xavfsiz ketish yo‘lini taqdim qilayotganlikda aybladi.
Mo‘sulda operatsiya boshlangandan keyin u yerdan katta miqdorda jangarilar qochgan, deb ma'lum qildi Suriya armiyasi bosh qo‘mondonligi.
"Xalqaro terrorchilikning AQSh va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi homiylarining Mo‘suldan Suriyaga qochayotgan IShID jangarilari uchun xavfsiz ketish va tranzit yo‘laklarini ta'minlash rejasi ayonlasha boshladi", deb bayonotdan bir parcha keltirdi SANA axborot agentligi.
17 oktabrda Mo‘sulni jangarilardan ozod qilish operatsiyasi boshlandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Iroq kuchlari shahardan 10 km uzoqlikdagi shaharchaga kirib borishdi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026