Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda rafiqasini ilk bor pardozsiz ko‘rgan er ajrim uchun ariza berdi
Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi o‘z rafiqasini ilk bor makiyajsiz ko‘rganidan keyin ajrim uchun ariza berdi. Bu haqda Metro nashri xabar tarqatgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, er-xotin birgalikda Sharjadagi (BAA) plyajda dam olishgan. Ayol suvga tushish uchun yuzidagi makiyajni yuvib tashlagan. Ismi sir tutilgan er esa uning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni payqab qolgan.
Shuningdek, erkakning aytishicha, uning 24 yoshli xotini bir necha bor plastik jarrohlikni amalga oshirgan, yopishadigan kipriklardan foydalangan va ko‘zlariga rangli linzalar taqqan.
30 yoshli er xotini bilan ajrashishga qaror qilgan. Ma'lum qilinishicha, u "xotinim ko‘nglimdagidek husn-jamolga ega emas" degan fikrga kelib, o‘zini aldangandek his qilgan.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026