Reuters agentligi 12 iyun kuni keçqurun tarqatgan ma’lumotga köra, Birlaşgan Arab Amirliklari Eronning xorijiy banklarda saqlanayotgan va AQŞ sanksiyalari sabab muzlatib qöyilgan önlab milliard dollarlik mablağlarini ozod qiliş böyiça qaror qabul qilgan.
Naşr bilan suhbatlaşgan tört manbaning ta’kidlaşiça, mazkur qaror Eronning BAA hududiga qarşi amalga oşirayotgan töğridan töğri hujumlarini töxtatiş maqsadida qabul qilingan.
Manbalardan biriga köra, BAA taşqi siyosati mintaqada keskinlikni kamaytiriş, vaziyatni barqarorlaştiriş hamda uzoq muddatli tinçlikni ta’minlaş tamoyillariga asoslanadi.
Şu bilan birga, manbalar mablağlar hajmi borasida turliça ma’lumot bergan. Ularning ikki nafari 10 milliard dollar haqida gapirgan bölsa, boşqalari bu raqam 20 milliard dollarga yaqin ekanini bildirgan.
Reuters ma’lum qilişiça, uşbu mablağlarning dastlabki tranşi sifatida 3 milliard dollardan ortiq mablağ allaqaçon Eron tomoniga ötkazilgan bölişi mumkin.
Manbalarning aytişiça, mablağlarni ozod qiliş evaziga Tehron BAA hududiga raketa va dronlar bilan hujumlarni töxtatiş majburiyatini olgan. Reuters eslatişiça, bunday hujumlarning oxirgisi 4 may kuni Ummon körfazida joylaşgan Fujayra portiga qarşi amalga oşirilgan.
BAA ma’lumotlarni rad etdi
Reuters xabari e’lon qilinganidan söng Birlaşgan Arab Amirliklari Taşqi işlar vazirligi mazkur ma’lumotlarni rad etdi.
Vazirlikning strategik kommunikatsiyalar departamenti rahbari Afra al-Hameliyning ma’lum qilişiça, tarqatilgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi.
Uning ta’kidlaşiça, heç qanday muzlatilgan Eron mablağlari ozod qilinmagan, ötkazilmagan yoki BAA bank tizimi orqali harakatlantirilmagan.
Şu bilan birga, Reuters agentligi ham mazkur mablağlar aynan BAA mablağlarimi yoki mamlakat bank tizimida saqlanayotgan Eron aktivlarimi, degan masalaga aniqlik kirita olmaganini bildirgan.
AQŞ va Eron örtasida tinçlik kelişuvi muhokama qilinmoqda
Bu xabar AQŞ va Eron örtasida ehtimoliy tinçlik kelişuvi muhokamalari faollaşgan bir paytda tarqaldi.












