Putin «normand to‘rtligi» muzokaralarida ishtirok etish uchun Berlinga keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «normand to‘rtligi» muzokaralarida ishtirok etish uchun Germaniya poytaxti Berlin shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Berlindagi uchrashuvda Germaniya, Ukraina, Rossiya va Fransiya rahbarlari Ukraina sharqidagi mojarolarni hal etish yo‘llarini muhokama qilishadi.
Yig‘ilish doirasida shuningdek, Vladimir Putinning Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvlarda Suriya inqirozi xususida gaplashishi ko‘zda tutilgan.
Oldinroq Fransua Olland G20 sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan, unda tomonlar Suriya va Ukrainadagi vaziyat, terrorga qarshi kurash, shuningdek, Putinning oktabrda Fransiyaga amalga oshiradigan tashrifiga oid masalalarni muhokama qilgandi.