O‘zbekiston | 16:26 / 20.10.2016
10214
2 daqiqa o‘qiladi

21 oktabr kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi, ammo yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Foto: ok.ru

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 oktabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1-2 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va  Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.     

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja  sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid