21:44 / 20.10.2016
14349

Eminem Trampga qarshi ashula yozdi

Foto: rollingstone.com

Amerikalik mashhur rep ijrochi Eminem yangi trekida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga qarshi fikrlar bildirdi, deb xabar bermoqda Rolling Stone. Campaign Speech ("Saylovoldi nutqi") deb nomlangan qo‘shiq repchining bo‘lg‘usi albomining tizeri bo‘ldi.

"Meni xavfli odam deb hisoblaysizmi?

Biroq siz bu la'nati nomzoddan qo‘rqing.

Tramp o‘z kampaniyasini o‘z cho‘ntagidan moliyalashtirgani uchun,

Siz, uni qo‘g‘irchoq kabi hech kimga qulluq qilmaydi deysizmi?

Siz buni istaganmidingiz?

degan so‘zlar yangraydi qo‘shiqda. 

1970-yillarda qora tanlilarni tahqirlagan ku-kluks-klan guruhining bo‘limlaridan biriga yetakchilik qilgan, hozirda Luiziana shtatidan senator Devid Dyuk tvitterda bu qo‘shiqqa o‘z fikrini bildirgan. "Eminem yillar davomida yoshlarimizning ongini zaharlab kelgan", deb aytmoqda siyosatchi. 

Eminem (asl ismi Marshall Bryus Meters III) film uchun eng yaxshi qo‘shiq yo‘nalishida "Oskar" mukofotini olgan birinchi repchi hisoblanadi. Uning oxirgi albomi 2014 yilda chiqqan.

 

Mavzuga oid
Top